Raqobat qo‘mitasi iste’molchilar murojaati bo‘yicha respublikadagi 700 taga yaqin restoran, kafe, oshxona va bufetlarni o‘rgandi. Ularning ko‘pida taomlar haqida to‘g‘ri ma’lumot berilmagani aniqlandi. 500 dan ortiq joylarda taomnoma o‘zbek tilida yuritilmagan. Yana ko‘pchiligida ish rejimi, narxnomalar yo‘q.
Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun aylanmadan yagona soliq yoki QQSning pasaytirilgan va hisobga olinmaydigan stavkasini joriy etish taklif qilinmoqda. Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov umumiy ovqatlanish korxonalariga QQS bo‘yicha yagona soliq solish tartibi joriy etishni taklif qildi.
O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish va chakana savdo faoliyatini tartibga solish talablari soddalashtiriladi, sohadagi tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi. Adliya vazirligi DSQ va SES bilan birga 1 sentabrgacha tegishli hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Adliya vazirligi 2100 ta umumiy ovqatlanish korxonalarini o‘rgangan holda ushbu sohada juda ko‘p tekshiruvlar va murakkab soliq ma’muriyatchiligi mavjudligini aniqladi. Umumiy ovqatlanish korxonalarining 60 foizi soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaydi, 30−40 foizi esa «soyada» ishlaydi, deya hisoblaydi vazirlik.
Prezident qarori bilan 2021 yil 1 sentyabrdan 31 dekabrgacha umumiy ovqatlanish korxonalari yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi. 15 avgust holatiga ko‘ra mavjud qarzdorlikni, soliq bo‘yicha jarimalarni 2022 yil 1 yanvardan 1 iyulga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lashi mumkin. Shuningdek, qaror bilan 2023 yil 1 sentyabrgacha turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting